ONA KO’RAK SUTINING BOLA UCHUN AHAMIYATI

ANNATATSIYA

Ko’krak suti bola uchun hech nima bilan o’rnini to’ldira olmaydigan bebaho ne’mat. U nafaqat ozuqa balkim bolaning o’sib rivojlanishi uchun tabiiy imunitet va muhim quvvat manbaidir.

АННАТАЦИЯ

Грудное молоко-бесценный подарок для ребенка, который невозможно заменить ничем другим. Это не только еда, но и естественный источник иммунитета и важный источник энергии для роста ребенка.

ABSTRAKT

Breast milk is a priceless gift for a child that cannot be releced by anything else. It is not only food, but also a natural source of immunity and an important source of energy for the child’s growth.

 

Скачать:

ВложениеРазмер
Файл ona_korak_sutining_bola_uchun_ahamiyati.docx89.38 КБ

Предварительный просмотр:

                                     

ONA KO’RAK SUTINING BOLA UCHUN AHAMIYATI

Artiqova Shaxlo Sevdiyorovna

Abu Ali ibn sino nomidagi

 jamoat salomatligini saqlash

 tibbiyot texnikumi   o’qituvchisi

artiqova.shaxlo2000@mail.ru 

ANNATATSIYA

Ko’krak suti bola uchun hech nima bilan o’rnini to’ldira olmaydigan bebaho ne’mat. U nafaqat ozuqa balkim bolaning o’sib rivojlanishi uchun tabiiy imunitet va muhim quvvat manbaidir.

Kalit so’zlar:og’iz suti, oqsil, yog’, uglevod,antitela, antioksidant, bifidubakterium, D vitamin, rak, laktogenez, platsenta, ferment.

АННАТАЦИЯ

Грудное молоко-бесценный подарок для ребенка, который невозможно заменить ничем другим. Это не только еда, но и естественный источник иммунитета и важный источник энергии для роста ребенка.

Ключевые слова: молозиво, белок, жир, углевод, антитела, антиоксидант, рак, витамин Д, лактогенез, плацента, фермент.

ABSTRAKT

Breast milk is a priceless gift for a child that cannot be releced by anything else. It is not only food, but also a natural source of immunity and an important source of energy for the child’s growth.

Key words: colostrum, protein, fat, carbohydrate, antibodies, antioxidant, cancer, vitamin D, lactogenesis, placenta, enzyme.

Maqola MATNI

Ona suti, koʻkrak suti — emizikli ayolning sut bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik (sekret). Ona suti goʻdak uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi, chunki bu davrda u tarkibi va oziq moddalar nisbatiga koʻra goʻdakning ovqat hazm qilish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga mos keladi. Ona bilan bola oʻrtasida homiladorlikning dastlabki kunlaridan boshlaboq "Ona—yoʻldosh—homila" tarzida oʻzaro mustahkam aloqa bogʻlanadi, bola dunyoga kelgach esa bu munosabat "Ona — koʻkrak suti — bola" tariqasida davom etadi. Shu uzviylik tufayli bola onadan kerakli ozuqa va biologik faol moddalarni oladi, shuningdek, ona bilan bola oʻrtasida mehr rishtalari bogʻlanadi.

Ona suti haqidagi dastlabki maʼlumotlar Ibn Sino qoʻlyozmalarida ham qayd etilgan. U ona sutini quyosh nuriga qiyos qilgan, chunki yer yuzidagi barcha tirik mavjudot (oʻsimliklar dunyosi) uchun quyosh nuri qanchalik zarur boʻlsa, oʻsayotgan murgʻak uchun ham ona suti shunchalik zarur.

Bola tugʻilgandan soʻng, dastlabki 2—3 kunda onaning sut bezlari sargimtir rangli suyuqlik — ogʻiz suti ajratadi. U, endigina dunyoga kelgan murgʻakka eng zarur ovqat; unda oqsil, tuz, shuningdek, yogʻ tomchilari boʻladi. Yangi tugʻilgan chaqaloq, ona koʻkragiga qancha erta tutilsa, shuncha koʻp ogʻiz sutidan bahramand boʻladi. Shuning uchup ham onaning koʻzi yorishi bilan dastlabki 20—30 daqiqada chaqaloqni onasining koʻksiga yotqizib, har ikki koʻkrakdan emizishga yordamlashish maqsadga muvofiq. Ilk soatdagi bir lahzali "badanma-badan" jismiy yaqinlik ona bilan murgʻak oʻrtasidagi aloqani yanada mustahkamlaydi. Tugʻruqdan keyingi birinchi hafta oxiridan yogʻlarga boy boʻlgan oʻtkinchi sut, 2—4 haftadan keyin doimiy sifatli sut paydo boʻladi. Yetilgan ona suti tarkibida barcha zarur oziq modlalar va vitaminlar bor; ular toʻliq hazm boʻlish va singish xususiyatiga ega.

Ona suti yengil hazm boʻladigan, toʻyimli, turli mikroblardan xoli, pishirish va isitishni talab qilmaydigan tayyor ozuqa. Unda 100 dan ortiq kerakli moddalar boʻlib, u faqat miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bolaning yoshiga, sogʻligiga mos keladi. Ona sutidagi oqsil, yogʻ, uglevodlar tarkibi yangi tugʻilgan bola organizmidagi xuddi shunday moddalar tarkibiga yaqin turadi. Ona sutida oqsil, yogʻ, uglevodlar 1:3:6 nisbatda boʻladi va bola ehtiyojini toʻla qoplaydi. Sut oqsillari juda toʻyimli va chaqaloq ichagida yengil hazm boʻladi. Yogʻlar ham emulsiya holida boʻlgani uchun toʻla-toʻkis soʻrilib ketadi. Ona suti tarkibidagi uglevodlar ozuqali xususiyatidan tashqari, ichaklarda mikroblarning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi va shu tariqa ovqat hazm boʻlishini osonlashtiradi. Ona sutida zarur miqdorda tuzlar, ayniqsa kaltsiy va fosfor tuzlari boʻladi, ular bola skeletining toʻgri shakllanishi va rivojlanishi uchun g`oyat muhim. Ona sutidagi mineral moddalar va vitaminlar oʻsayotgan bola ehtiyojiga mos keladi va organizmda yaxshi singishi bilan sigir sutidagi shunday moddalardan farq qiladi.

Ona sutidagi temir moddasining axamiyati nihoyatda katta, uning oʻzlashtirilishi ona sutida odatda 70%ni tashkil etsa, sigir sutida 30%, aralashmalarda esa 10%ni tashkil etadi. Sog`lom onadan tug`ilgan sog`lom bolalarda temir zaxirasining yetishmagan qismi ona suti hisobiga toʻldiriladi, lekin bola, ona sutidan sigir suti yoki aralashmaga oʻtkazilsa unda kamqonlik rivojlanishi mumkin.

Ona sutida vitaminlar miqtori tez oʻzgaruvchan boʻlishiga qaramay bola extiyojini dastlabki oylarida toʻliq qoplaydi. Ona sutida "D" vitamini uncha koʻp emas, shuning uchun emizikli chaqaloqni oʻz vaqtida toza havoga, quyosh nuriga olib chiqib turilsa, bolaning "D" vitaminga boʻlgan ehtiyoji toʻla-toʻkis qondiriladi.

Ona suti turli kasallik viruslari va mikroblariga qarshi moddalar — antitelolarga boy boʻladi. Bolani emizganda iloji boricha koʻkrakda yigʻilgan hamma sutni bola bir emganda tugatishiga harakat qilish lozim, aks holda, bola oʻziga kerakli sutning yuqori kaloriyali qismini ololmaydi, goʻdakni emizib boʻlgach, koʻkrakda qolgan sutni, hatto u kam boʻlsa-da, oxirgi tomchisigacha sogʻib olish lozim, bu sut koʻpayishiga yordam beradi.

Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, ona suti bolani rak kasalliklaridan saqlaydi, uning bu jihatini oʻrgangan olimlar, rakka qarshi dori ishlab chiqarishda bundan foydalanish mumkinligini aytishmokda.

Bola ona sutidan ajratilsa va sigir suti yoki sutli aralashmalar bilan boqilsa, u muhim himoya omillaridan mahrum boʻladi, bu bolaning ichi ketishi, ovqat hazm qilish tizimining buzilishi singari noxushliklarga olib keladi. Ona suti onaning oʻzini ham turli kasalliklardan saqlaidi; mastshp, sut bezlari raki, ginekologik kasalliklar bolani koʻkragi bilan emizmagan ayollarda 20—25 barobar koʻp uchraydi. Bolani koʻkrak suti berib boqqan onalarda kamqonlik kam kuzatiladi.

Kuzatuvlarga koʻra, ona sutiga, ona organizmiga tushadigan hamma moddalar oʻtadi, shunga koʻra emizikli ayol oʻz ovqagiga katta eʼtibor berishi, u toʻgri va toʻyimli ovqatlanishi, yetarli miqdorda suyuqlik, meva sharbatlari ichib turishi, sof havodan bahramand boʻlishi, tiniqib uxlashi lozim.

Emizish – bolaga ona sutini berish jarayoni[1]. Koʻkrak suti bilan boqish toʻgridan toʻgʻri koʻkrakni bolaning ogʻziga tutish orqali yoki mahsus sut sogʻuvchi pompalar orqali koʻkrakdan ajratib olinib keyin chaqaloqqa berilishi mumkin. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) emizishni chaqaloq dunyoga kelgan dastlabki soatidanoq boshlashni tavsiya etadi. Bunda chaqaloq oʻzi hohlagan vaqtida va hohlaganicha emizilishi kerak[2]. Sogʻliqni saqlash tashkilotlari, shu jumladan JSST, chaqaloq hayotining dastlabki 6 oyida faqatgina ona suti bilan boqishni tavsiya etadi [3][4][5]. Bu davr davomida bolaga ona sutiga qoʻshib faqat D vitamin berilishi mumkin boshqa qoʻshimcha ozuqa vostilari berish tavsiya etilamydi[6]. JSST 6 oylikdan boshlab oson hazmlanuvchi qoʻshimcha nutrientlar berishni boshlash haqida koʻrsatmalar beradi, lekin bola 2 yoshga toʻlgunicha boʻlgan vaqtda ona sutidan toʻliq ajratilmaydi balki unga qoʻshimcha ravishda turli boʻtqalarga moslashtirib boriladi[3] [4] , agar bolaga 6 oylikdan boshlab birdaniga turli xil qoʻshimcha ozuqa moddlar berilsa bu rivojlanayotgan bolaning sogʻligiga salbiy taʼsir etadi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, har yili tugʻilgan 135 million chaqaloqlarning atigi 42 foizi hayotning birinchi soatida koʻkrak suti bilan oziqlanadi, onalarning atigi 38 foizigina birinchi olti oyda farzandini faqat koʻkrak suti bilan boqishadi va 58 foiz onalar ikki yoshga toʻlgunga qadar emizishni davom ettiradilar[3], albatta bu koʻrsatkichlar juda ham past hisoblanadi.

Koʻkrak suti bilan boqish onaga ham, chaqaloqqa ham bir qator foydali boʻlib, chaqaloqlarga suniy sutdan koʻra ona sutining foydasi koʻproq[4] [7] . Aholi daromadi kam va oʻrta daromadli mamlakatlarda koʻkrak sutini emizishni oshirish orqali har yili besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlim miqdorini taxminan 820 000 taga kamaytirish mumkin[8]Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda koʻkrak suti bilan boqish koʻrsatkichining yuqoriligi sababli nafas yoʻllari infektsiyalari, quloq infeksiyalari, chaqaloqlarning kutilmagan oʻlimi va chaqaloqlar orasidagi diareya xavfini kamaytiradi[3] [4]. Bundan tashqari astma, oziq-ovqat allergiyasi va qandli diabet xavfini kamaytirish uchun ham aynan chaqaloqlarni toʻliq ona suti bilan boqish kerak [4] [8]. Emizish, shuningdek, kognitiv rivojlanishni yaxshilashi va kattalarda orasida ommalashib borayotgan semirishni kamaytirishi ilmiy isbotlangan[3] .

Emizishning ona uchun foydali tomonlari: tugu’ruqdan keyingi qon yoʻqotishni kamaytiradi, bachadon tonusini oshiradi, tugʻruqdan keyingi depressiyani oldini oladi[4] . Koʻkrak suti bilan boqish qayta hayz koʻrishni kechiktiradi bu esa kutilmagan homiladorlikdan onani himoya qiladi bu jarayon laktatsiya amenoreya deb nomlanadi[4]. Onaning oʻz chaqalogʻini emizishi juda ham kuchli sogʻlomlashtiruvchi taʼsirga ega boʻlib koʻkrak saratoni havfini kamaytiradi, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, metabolik sindrom va revmatoid artrit bilan kasallanish havfini kamaytirishi isbotlangan[4] [8] [9]. Koʻkrak suti bilan boqish iqtisodiy tomondan ham anchagina arzonroq [10] [11].

Emizish oʻrtacha 30-45 daqiqa davom etadi, asta sekinlik bilan chaqaloq soʻrish-yutish-nafas olish aktini oʻrganib boradi. Lekin bolaning emish koʻnikmalari shakllanishi hamda onaning sut yoʻllari kengroq ochilishi hisobiga emizish davomiyligi qisarib boradi yaʼni endi bola 30-45 daqiqa emas balki kamroq vaqt ichida oʻziga kerakli boʻlgan sut miqdorini sut bezlaridan ajratib oladi. Shu sababli ham bola 6 oylik boʻlganida 10-15 daqiqa emadi holos[12] . Toʻgʻridan-toʻgʻri koʻkrak suti bilan boqishning iloji boʻlmaganda, koʻkrakni boʻshatish uchun sut turli maxsus pompalar orali soʻrib olinadi, bu esa sutning koʻkrak ichida achib qolishini hamda koʻkrak infektsiyasidan himoyalanish uchun zarur. Bu usul koʻkrakni sut bilan toʻlib ketishi yoki umuman sut ishlab chiqarish funksiyasini normal holatda saqlab turish uchun muhim va zarurat boʻlganda bola yana koʻkrak sutiga qaytarilishi mumkin[1] [13] [14]. Bazi holatlarda bola ona sutidan ajratilishi kerak boʻladi[4], masalan tinchlantiruvchi dori qabul qilayotgan onalar emizishi mumkin emas, lekin hozirda koʻpgina dori vositalari ichish vaqtida emizishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emas. Soʻngi izlanishlar shuni koʻrsatadiki, COVID-19 infeksiyasi ona suti orqali yuqishi mumkin emas[15] . Tamaki chekish va cheklangan miqdordagi spirtli ichimliklar, qahva isteʼmol qilish emizishga salbiy tasir koʻrsatmaydi[16][17][18].

Sut hosil boʻlish fiziologiyasi

https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5a/Breast-Diagram.gif/220px-Breast-Diagram.gif

Bola onasining koʻkragini emganda, oksitotsin deb ataladigan gormon sutni alveolalar (lobulalar)dan kanallar (sut kanallari) orqali areola orqasidagi qoplarga (sut havzalariga) oqib kela boshlaydi va bolaning ogʻziga sut kelishni boshlaydi.

Koʻkrak bezlarining rivojlanishi balogʻat yoshidanoq boshlanadi. Dastlab sut yoʻllari, yogʻ hujayralari va biriktiruvchi toʻqimaning faollashuvi boshlanadi. Koʻkrakning bezing kattaligi yogʻ hujayralarining soniga bogʻliq. Koʻkrak bezining hajmi onaning emizish koʻnikmalariga hamda koʻkrakdan ishlab chiqariladigan sut miqdoriga bogʻliq emas yaʼni koʻkrak bezi kichik boʻlsa ham yetarlicha sut ishlab chiqarishi mumkin. Koʻkrak bezida hosil boʻlish jarayoni laktogenez deb ataladi va u 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqich homiladorlik davrida sodir boʻlib, bu davrda koʻkrakning rivojlanishi va ilk sutini ishlab chiqarilishi sodir boʻladi, bu sutning hajmi kam lekin ozuqa moddalarga juda boy boʻladi. Bolaning platsentadan ajralishi bilan sut hosil boʻlishining ikkinchi jarayoni boshlanadi va bu jarayonda hosil boʻladigan sut toki uchinchi bosqich boshlangunicha ishlab chiqariladi. Sut ishlab chiqarishning uchinchi bosqichi tugʻuruqdan bir necha hafta oʻtgandan keyin sihlab chiqarila boshlanadi va bu jarayon 2 yilgacha davom etadi. Bu bosqich laktogenezning ikkinchi bosqichidan farq qiladi, u markaziy ravishda (miyada) platsenta tugʻilgandan keyin tabiiy ravishda paydo boʻladigan gormonal aloqa zanjirlari bilan tartibga solinadi[19].

https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/da/Human_Breastmilk_-_Foremilk_and_Hindmilk.png/220px-Human_Breastmilk_-_Foremilk_and_Hindmilk.png

25 ml dan olingan sutining namunalari.

Chapdagi namuna – oldingi sut, emizishning ilk daqiqalarida ajraladi, tarkibi nisbatan kam ozuqaga ega sut. Oʻng tomonda orqa sut, emizishning oxirgi daqiqalarida keladigan sut, deyarli boʻsh koʻkrakdan keladigan ozuqa moddalarga boy sut[20].

Koʻkrak suti ikkita asosiy tarkibiy qismlardan iborat: ozuqaviy qismi va biologik faol qismi, yaʼni chaqaloqqa ovqatlanishdan tashqarida yordam beradigan fermentlaroqsillarantikorlar.

Ozuqaviy qismi

Koʻkrak sutidagi ozuqaviy moddalarning miqdori bolaning ehtiyojini qoplash uchun toʻliq yetadi. Koʻkrak sutiga ozuqa moddalari ona organizmidan oʻtadi. U chaqaloqning yoshiga mos, oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan, yogʻ, shakar, suv va oqsilning kerakli miqdorini oʻzida saqlaydi[21]. Shuni yodda tutish kerakki, ona sutining ozuqaviy tarkibiga turli omillar, jumladan, homiladorlik davri, chaqaloqning yoshi, onaning yoshi, onaning zararli odatlari: chekishi, spirtli mahsulotlar ichishi kabilar taʼsir koʻrsatadi[9][22].

Biologik faol qismi

Ona sutining ozuqaviy tarkibidan tashqari, ona suti chaqaloqning oʻsishi va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlovchi fermentlar, antitelolar va boshqa moddalar ham mavjud. Ona sutining biologik faol qismi bolaning sogʻlom rivojlanishida juda ham muhim hisoblanadi. Masalan, chaqaloq yuqori nafas yoʻllari infektsiyasidan va boshqa turli infeksiyalardan zararlanmasligi uchun ona suti taarkibidagi antitelolar juda ham muhim hisoblanadi[23]

Xulosa

Ko’krak suti laktatsiya qiluvchi onaning organizmida kechuvchi barcha metabolitik jarayonlarni aks ettiruvchi murakkab biologik suyuqlik deb hisoblash mumkin. U emuvchi chaqaloqlar uchun ekzogen garmonlar manbai bo’lib xizmat qiladi. Ona suti o’zgaruvchan bo’lib, bir qator ekzo va endogen omillarga bog’liq. Bu esa ona sutining tarkibidagi asosiy oziq moddalar bilan bog’liq bo’ladi.

Manbalar

  1. „Breastfeeding and Breast Milk: Condition Information“National Institute of Child Health and Human Development. National Institutes of Health (NIH), U.S. Department of Health and Human Services (2013-yil 19-dekabr). 2015-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  2. „Infant and young child feeding Fact sheet N°342“. WHO (2014-yil fevral). 2015-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-fevral.
  3. „Infant and young child feeding Fact sheet N°342“. World Health Organization (WHO) (2021-yil 9-iyun). 2015-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-fevral.
  4. "Breastfeeding and the use of human milk"Pediatrics 129 (3): e827–e841. March 2012. doi:10.1542/peds.2011-3552PMID 22371471. Archived from the original on 5 August 2015.
  5. "Optimal duration of exclusive breastfeeding"The Cochrane Database of Systematic Reviews 2012 (8): CD003517. August 2012. doi:10.1002/14651858.CD003517.pub2PMID 22895934PMC 7154583. „Breastfeeding“
  6. "A summary of the Agency for Healthcare Research and Quality's evidence report on breastfeeding in developed countries". Breastfeeding Medicine 4 (Suppl 1): S17–S30. October 2009. doi:10.1089/bfm.2009.0050PMID 19827919.
  7. "Breastfeeding in the 21st century: epidemiology, mechanisms, and lifelong effect". Lancet 387 (10017): 475–490. January 2016. doi:10.1016/s0140-6736(15)01024-7PMID 26869575.
  8. The Little Green Book of Breastfeeding Management for Physicians & Other Healthcare Providers
  9. "Breastfeeding and the use of human milk. American Academy of Pediatrics. Work Group on Breastfeeding"Pediatrics 100 (6): 1035–1039. December 1997. doi:10.1542/peds.100.6.1035PMID 9411381. Archived from the original on 23 October 2012.
  10. „What are the benefits of breastfeeding?“ (2014-yil 14-aprel). 2015-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.